Maktab o‘quvchilarini SAT imtihoniga tayyorlaymiz va xalqaro ta’lim eshiklarini ochamiz.
Farzandingizning SAT natijasi uning universitet yo‘lini o‘zgartirishi mumkin.
Universitet imkoniyatlarini kengaytiradi.
1200+ natija tegishli shartlar asosida qo‘shimcha davlat granti imkoniyatini beradi.
Xalqaro universitetlar va akademik yo‘llar uchun muhim ko‘rsatkich.
1200 va undan yuqori SAT natijasiga ega abituriyentlar, SAT sertifikatidagi tegishli fanlar tanlangan bakalavriat yo‘nalishining imtihon kompleksiga kirgan taqdirda, qo‘shimcha davlat granti asosida qabul qilinishi mumkin. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qarori va amaldagi qabul tartibi.
Dars kunlari va vaqti maktab bilan kelishiladi.
O‘quvchi darsdan tashqarida ham savollariga javob va yo‘nalish olishi mumkin.
Har bir bosqich o‘quvchining kuchli va zaif tomonlarini aniqlash va natijani bosqichma-bosqich oshirishga xizmat qiladi.
UAA — Ubaydullo Avazov Azizbekovich nomi va tashabbusi asosida rivojlanayotgan ta’lim brendi.
Birinchi darsimizdan namuna: bitta savol, 60 soniya va uni soniyalarda yechadigan usul.
Yuqoridagi tenglamaning barcha haqiqiy yechimlari yig‘indisi nimaga teng?
Yechmang. Chizing. Desmos’da y = |x² − 4x| va y = 3 ni kiriting, kesishishlarni sanang: ikkita emas, to‘rtta. −0,65 + 1 + 3 + 4,65 = 8.
146-maktab filialida SAT kursi boshlandi.
242-maktabda ham filial faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
21 ta maktab hamkorlikka rozi bo‘ldi; 2 tasi amalda ishlamoqda.
Grantlar soni 10 taga yetdi. Ulardan biri — Robiya ismli 10-sinf o‘quvchisi $1 000 grant sohibasi bo‘ldi va unga bir yil bepul SAT ta’limi imkoniyati berildi.
UAA SAT Academy o‘quvchiga SATga tayyorlanish uchun maktabning o‘zida tizimli dars, qo‘shimcha yordam va doimiy qo‘llab-quvvatlashni taqdim etadi. Keyingi qadam bugundan boshlanadi.